Yoshlar daftariga kiritilgan talabalarning 18 mln 750 ming so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi

Yoshlar daftariga kiritilgan talabalarning 18 mln 750 ming so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi 

Ariza berish uchun mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qilish, yoshlardaftari.uz sayti orqali onlayn ariza yoki 1093 raqami orqali bogʻlanish mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga (https://t.me/nodavlattalim) ko‘ra, quyidagi toifalar:

➖ Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
➖ Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
➖ Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
➖ Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
➖ Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
➖ Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
➖ Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
➖ Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan. (https://t.me/nodavlattalim)

Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:

➡️ bakalavriatning kunduzgi shaklida;
➡️ magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.

✔️ Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (18.750.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. (https://t.me/nodavlattalim)

❌ To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarga amal qilmaydi:

➖ ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
➖ qo‘shma taʼlim dasturlari;
➖ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq  etilmaydi.

Obuna bo'lish

Теперь идите, превышайте свои собственные пределы и преуспевайте!