"Milliy libos – millat ko‘rki"

Shu munosabat bilan bugun universitetimizda "Milliy libos – millat ko‘rki" shiori ostida dars va ish jarayonlari o‘ziga xos milliy ruhda o‘tmoqda.

Professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zbek milliy liboslarida ishtirok etib, xalqimizning boy madaniy merosi va qadriyatlarini yanada ulug‘lashdi. Dars mashg‘ulotlari hamda ish muhitida milliy liboslar zamonaviylik va an’analar uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘ldi.

Milliy liboslar – bu nafaqat kiyim, balki xalqimizning tarixi, madaniyati va san’atining timsolidir! Ushbu tashabbus yoshlarimizda milliy urf-odatlarga bo‘lgan hurmatni oshirish, o‘zlikni anglash hamda milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

🔸Siz ham bu go‘zal an’anani davom ettirish va milliy liboslarimizni faxr bilan kiyish uchun bizga qo‘shiling! 

Obuna bo'lish

Теперь идите, превышайте свои собственные пределы и преуспевайте!