“Talabalarga forma joriy etilmaydi” — vazirlik

“Talabalarga forma joriy etilmaydi” — vazirlik

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona “talaba formasi” joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va noto‘g‘ri talqin etilayotganini ma’lum qildi.

“Aslida, tarqalgan xabar asos qilib keltirilayotgan hujjat – Vazirlar Mahkamasining muhokamadagi qaror loyihasiga (https://regulation.adliya.uz/project/5867/12579?contentLang=uz) ilova qilingan “Oliy ta’lim tashkiloti brendini yaratish to‘g‘risidagi nizom” bo‘lib,  mazkur nizom har bir oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi brend va imij konsepsiyasini shakllantirishga xizmat qilishi nazarda tutilgan. Nizom loyihasida talabalar uchun yagona forma joriy etilishi yoki majburiy tartibda talab etilishiga doir hech qanday norma mavjud emas”, deyiladi (https://t.me/eduuz/33980) vazirlik xabarida.

P/S. Agarda loyiha kuchga kiradigan bo'lsa, har bir oliygoh ichki tartib-qoidalariga o'zgartirish kiritadi va forma ixtiyoriy-majburiy darajasiga ko'tarilishini maktab bolasi ham bilsa kerak.

Obuna bo'lish

Теперь идите, превышайте свои собственные пределы и преуспевайте!