Toshkent viloyati IIBB 2-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig'ining MMIB o'rinbosari bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 8 mart kunidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati IIBB 2-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig'ining MMIB o'rinbosari mayor Rajabov Dilshod Baxtiyorovich tomonidan Olmaliq shahri Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti talabalari bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvni universitet rektori Qodirov Qaxramon Raxmonovich ochib berdi.
Uchrashuvda talaba-yoshlarga huquqbuzarliklar sodir etmasligi, psixotrop, narkotik moddalar muomalasi bo‘yicha javobgarlikning muqarrarligi, unga qarshi kurashish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, hozirgi davrda dolzarb masalalalardan biri bo‘lgan kiberjinoyatlar to‘g‘risida tushunchalar berilib, ogohlantirilib o‘tildi. Mazkur sayyor uchrashuv davra suhbati shaklida savol-javoblarga boy qizg‘in o‘tdi.
Obuna bo'lish
Теперь идите, превышайте свои собственные пределы и преуспевайте!